баннер
25 Apr 2025
19:40

    SHahrisabz davlat pedagogika institutida «Kar`era kuni» tashkil etildi

    Tadbirda etakchi ish beruvchi tashkilotlar, muassasa vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan bevosita suhbat olib bordi.

    Joriy yilning 10 mart kuni SHahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyatidagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Mehnat yarmarkasi» bo'lib o'tdi. Tadbir davomida viloyatdagi 16 ta maktabgacha ta'lim muassasasi va 50 dan ortiq umumta'lim maktabi mas'ullari tashrif buyurdi. Tadbirni Institut rektori SHerzod Ne'matov ochib berdi. U o'z nutqida yosh mutaxassislarning jamiyatda munosib o'rin egallashi va ta'limdagi islohotlarda faol ishtirok etishi muhimligini alohida ta'kidladi.

    Mazkur mehnat yarmarkasi talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, bitiruvchilarning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda etakchi ish beruvchi tashkilotlar, muassasa vakillari ishtirok etib, bitiruvchi talabalar bilan bevosita suhbat olib bordi.

    Ma'lumot uchun, SHahrisabz davlat pedagogika institutida hozirda 3 ta fakul`tet, 13 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Institutda jami 9392 nafar talaba tahsil olmoqda. 2024–2025-o'quv yilida 2024 nafar talaba bitiruvchi sifatida ro'yxatga olingan bo'lib, ulardan 1948 nafari kunduzgi bakalavriat, 76 nafari esa magistratura bosqichi talabalari hisoblanadi. Ahamiyatli jihati, yarmarka yakunida 103 nafarga yaqin talabalar bandligini ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech