Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2 nafar fuqaroning joriy yil iyul oyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari boʻlimlarini kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlariga haydovchi vazifasiga ishga qabul qilinadi. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi bundan foydalanib, goʻyoki ularning ishga kirishlarida koʻmaklashganini roʻkach qiladi va 6 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB maʼmuriy binosida soʻralgan pul mablagʻidan 3,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.