Togʻli “Koʻl” MFYda qish bor ziynatini namoyish etmoqda. 

Mana 5 kunki, qishloqda qor yogʻyapti. Yoʻl chetlari va qatnov yoʻq joylarda qorning qalinligi 90 santimetrgacha yetgan. Bu vaziyat aholining turmush-tarziga salbiy taʼsir etayotgani yoʻq. 

Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari oʻrganilib, yetarli miqdorda arzonlashtirilgan koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilgan.

Ijtimoiy soha obyektlari ham barqaror ishlamoqda. 

Qolaversa, tuman hokimligi tomonidan yoqilgʻi zahirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yoʻllar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.