Forumda Shahrisabz shahri hokimi Sherzod Boʻriyev hamda Beylagan shahar hokimi Aziz Azizov tomonidan ikki shahar oʻrtasida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Ozarbayjon Respublikasining Beylagan shahri hamda Shahrisabz shaharlarining birodarlashgan aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Kelishuvga koʻra, shaharlar turizm, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shaharlarning taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarda hamkorlik qilishi koʻzda tutilgan.