Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov boshchiligida tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 70 nafar oliy o'quv yurti talabalariga o'quv shartnoma puli to'langani to'g'risidagi sertifikatlarhamda 36 nafar uyushmagan yoshlarga o'z-o'zini band qilishi uchun asbob-uskunalar topshirildi. Bu haqida tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, 2022-yilning shu davriga qadar tumandagi 372 nafar ijtimoiy-iqtisodiy ko'makka muhtoj yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo'lib, hozirga qadar 141 nafarining muammolari hal etildi. Jumladan, 131 nafar yoshga 359 million so'mlik to'lov kontraktlari, 3 nafar yoshga 15,75 million so'mlik safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag'lari, 3 nafar yoshga esa 22 million so'mlik davolanish mablag'lari to'lab berilgan.