— Erta tongdan oilaviy dala tomon yoʻl olamiz, — deydi momo. — Toza havoda mehnat qilishning salomatlikka ham foydasi katta. Bir oʻzim 100 kg paxta teraman. Hokim buvani bugungi eʼtiboridan soʻng gʻayratimga yana gʻayrat qoʻshildi. Mavsum oxirigacha oilaviy byudjetimizni mustahkam qilib, yana-da fayz-barakali yashashni niyat qilganman.
Viloyat rahbari shuningdek, Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlari paxta dalalarida boʻlib, mavsumda mehnat qilayotgan terimchilar, fermer va otryad rahbarlari bilan uchrashdi hamda ularga xirmonga qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdorchilik sifatida sovgʻa-salomlar ulashdi.