Ochilish marosimda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo’riyev, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, faxriy ustozlar, jurnalistlar, blogerlar, institut professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirni Qahqadaryo viloyati hokimi M.Azimov kirish so’zi bilan ochib, ushbu yaratilayotgan imkoniyatlar davlatimiz rahbarining yoshlarga berayotgan e’tibor natijasi ekanligini e’tirof etdi. Shundan so'ng, nuroniylar ishtirokida yangi binoning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishish maqsadida bino bo`ylab sayohat qilishdi.Yangi ishga tushirilgan Talabalar turar joyi oliygoh yoshlarining yotoqxona bilan taminlanish darajasini 40 foizga etkazdi