Shahrisabzliklik ota farzanlari 18 yoshga to‘lgunga qadar aliment pullarini oldindan to‘ladi

    Davlat ijrochisi tomonidan ushbu davr uchun 63.100.000 soʻm aliment pullari hisoblab berildi.

    Byuroning Shahrisabz tuman boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 2014-yil 23-dekabr kunidagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor X.D. hisobidan undiruvchi B.G. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun qarzdorning barcha daromadlarini 1/3 qism miqdorda aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2019-yil 07-may kuni kelib tushgan.

    Ijro xarakatlari davomida, qarzdor X.D.ning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

    Shuningdek, qarzdorning nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan soʻrovnomalar olingan va aniqlangan mol-mulklariga nisbatan taʼqiqlar qoʻyilgan.

    Bundan tashqari qarzdorni aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlashi toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan ogoxlantirishlar berilgan.

    Ijro harakatlari davomida, qarzdor X.D. farzandlari 18 yoshga toʻlgunga qadar aliment pullarini oldindan toʻlashini bildirdi.

    Davlat ijrochisi tomonidan ushbu davr uchun 63.100.000 soʻm aliment pullari hisoblab berildi. Mazkur xisoblangan aliment pullari qarzdor tomonidan Byuroning Shahrisabz tuman boʻlimi hisob raqamiga toʻlab berilgach, ushbu pul mablagʻlari undiruvchi B.G.ning plastik kartasiga oʻtkazib berilishi taʼminlandi hamda ijro hujjati tamomlandi.