Maʼlum qilinishicha, Spark va Cobalt rusumli avtomobillar bir-biri bilan toʼqnashishi natijasida yoʼl-transport hodisasi yuzaga kelgan.

Oqibatda Sobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʼqotib, yoʼl oʼrtasidagi beton toʼsiqqa urilgan va yoʼlning qarama-qarshi tomoniga oʼtib ketgan hamda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Cobalt rusumli avtomobiliga borib urilgan.

Natijada kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobilining dvigatelь qismida qisqa tutashuv sodir boʼlib, avtomashinada yongʼin kelib chiqqan.

YTH natijasida kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobilь yoʼlovchisi turli darajada tan jarohatlari olib, tuman SHTTYBga yuborilgan.

Hodisa oqibatida xalok boʼlganlar toʼgʼrisida maʼlumot kelib tushmadi, deyiladi FVV maʼlumotida.