Shakar ishlab chiqarish hajmi qariyb 3 barobarga oshgan

    2021-yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 384,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatimizda 384,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

    Shakar ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7-martaga yoki 239,9 ming tonnaga oshgan.