Birinchisi, tomoq spreyi. Mutaxassis tushuntirganidek, u mikroblarga qarshi himoya to'sig'iga aylanishi mumkin. “Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, u shamollash alomatlari davomiyligini ikki baravar va kasallik rivojlanishini uchdan bir qismga qisqartiradi”, — deydi mutaxassis.
Jarvisning ikkinchi maslahati — exinatseyadan foydalanish. Biroq, u ushbu preparatning samaradorligi bo'yicha tadqiqotlarning qarama-qarshi natijalariga ishora qildi.

Mutaxassis S vitamini ichish yoki tarkibida shu vitamin bo'lgan oziq-ovqat iste'mol qilish ؅— shamollash alomatlaridan xalos bo'lishning uchinchi samarali usuli ekanligini qayd etdi. Sitrus mevalar, qalampir, brokkoli, bryussel` karami va kartoshka shamollashda foydali bo'lishini aytdi.  Avvalroq sog'lom ovqatlanish bo'yicha mutaxassisi Irina Lizun sovuq va yomg'irli havoda ziravorlar shamollashning oldini olishi va davolashda yordam berishi mumkinligini aytgandi.

Uning so'zlariga ko'ra, siz immunitetni kuchaytiradigan ziravorlar bilan iliq ichimliklar tayyorlashingiz mumkin. Ular, shuningdek, allaqachon boshlangan kasallik alomatlarini yo'qotishga yordam beradi.