Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro shisha idishda jami 199 dona EUTRIG hamda ampula koʻrinishidagi 120 dona SODIUM CHLORIDE INJECTION IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgan. Ularning taxminiy qiymati 30 mln soʻmni tashkil etmoqda.
Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.