Лого Лого-пв-уз

    Shanxay hamkorlik tashkilotining Uchinchi Ayollar forumi boʻlib oʻtmoqda

    Xalqaro hamkorlik 11 Iyun 2021 634

    Ayni vaqtda Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Uchinchi Ayollar forumi boʻlib oʻtyapti.

    Unda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M.Kadirxanova boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etyapti.

    Forumdan koʻzlangan maqsad – SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi eng ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashish, oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilashdan iboratdir.

    Forumda yurtimiz delegatsiyasi bilan bir qatorda Tojikiston, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi vakillari ham ishtirok etyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, Forum bugun 11-iyun kuni ham oʻz ishini davom ettiradi.