Shanxayda eski bino yangi joyiga oʻzi “yurib bordi”

    Bilasizmi? 30 Oktabr 2020 2862

    Shanxaylik quruvchi-muhandislar eski uyni yangi joyiga koʻchirib oʻtishning antiqa usulini oʻylab topdilar.

    1935-yilda qurilgan binoda uzoq yillardan beri maktab faoliyat yuritib kelardi. Mahalliy hokimiyat mazkur bino joylashgan yerda yangi ochilgan savdo uyi qurishni rejalashtirgandi. Eski bino esa tarixiy ahamiyatga ega boʻlgani tufayli, uning buzilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasdi. Shunda uni butligicha boshqa joyga koʻchirib oʻtkazishga qaror qilindi.

    “Binoni koʻchirish” — quruvchilar tajribasida keng tarqalgan amaliyot. Buning uchun maxsus tutqich dastalardan yoki platforma va relsdan foydalanilardi. Lekin uyning shakli bu usulni qoʻllashga oʻngʻay kelmadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

    Shunda quruvchi-muhandislar 198 ta gidravlik tirgak, yaʼni robot “oyoqchalar” yasadi. Keyin ishchilar uyni koʻtarib, “oyoqchalar” ustiga oʻrnatgan. Natijada uy yangi joyiga oʻz “oyogʻida yurib oʻtgan”. Gidravlik tirgaklar tufayli ishchilar uyni yana 20 darajaga burishga ham muvaffaq boʻldilar.

    Bino hozir yangi joyida turibdi. Unda yangi madaniyat markazi ochish rejalashtirilgan.