O‘zbekiston milliy pavilyonlari mamlakatimizning Shanxaydagi Bosh konsulligi ko‘magida o‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlandi.

Mamlakatimiz stendi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, respublikaning zamonaviy yutuqlari tasvirlangan fotosuratlar bilan bezatildi.

Ko‘rgazmalar davomida vatandosh talabalar xalqimizning o‘ziga xos  madaniyati va anʼanalarini ishtirokchilar eʼtiboriga havola qildilar.  Shuningdek,  tadbirlar bosh sahnada o‘zbek milliy raqslari taqdim etildi va   taomlarimiz  tayyorlandi.

Muzkur ko‘rgazmalar xitoylik va chet ellik talabalarni dunyoning turli mamlakatlarining o‘ziga xos madaniyati bilan tanishtirish hamda do‘stona aloqalarni yana-da mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirlarda 2000 dan ortiq kishi qatnashdi.

O‘zbekiston milliy anʼanalari va urf-odatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar universitet professor-o‘qituvchilari hamda  mahalliy va chet ellik talabalarda katta taassurot  qoldirdi.