“Shargʻun koʻmir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi

    Hukumat 11 May 2023 2748

    Davlatimiz rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

    Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani koʻmirda isitish loyihasini boshlagan.

    Loyiha doirasida koʻmirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dasturlar qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.

    Koʻmirga talab shu yilning oʻzida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda koʻmir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.

    Buning uchun “Angren” koʻmir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Shargʻun koʻmir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta koʻmir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.