Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov bu kabi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi. Bayonotda aytilishicha, ayni paytda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.
M. X.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Arnasoy tuman sudining ish yurituvida boʻlib, bugungi kunda ushbu jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun tayinlash bosqichida ekanligi maʼlum qilindi.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 10-iyul kunidagi jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudining ajrimi bilan M. X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgandi.