Jizzax viloyatida Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi M. X. Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 210-moddasi (pora olish) va 229-4-moddasi (er berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga 3 yil hokimiyat va davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 150 baravari miqdorida jarima jazosi hamda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, sobiq hokim 10 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.