Bunda ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yoʻnaltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7-yilda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tabiiy va sunʼiy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi.
Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini toʻliq hal qilish vazifasi qoʻyildi.