«Sharq» nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Milliy axborot agentligi ko'chiriladi

    Mamlakatimizda 21 Sentabr 2023 1776

    Ularning Toshkent markazidagi 1975−1979 yillarda qurilgan binolari sotuvga qo'yiladi.

    “Sharq” nashriyot-matbaa AJning bino-inshootlari va ishlab chiqarish uskunalari Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko'chasi, 1-uy manzilida joylashgan yangi bino-inshootlarga ko'chirilmoqda.

    Shu bilan birga, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko'chasi, 42-uyda joylashgan O'zbekiston Milliy axborot agentligi (O'zA)ning ma'muriy binosi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko'chasi, 32-uy manzilidagi Matbuot uyiga ko'chiriladi.

    Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko'chasi, 41-42-uy manzillarda joylashgan (umumiy er maydoni 3,02 gektar, bino-inshoot maydoni 56 525 kv.m.) bino va inshootlar bo'shayotganligini inobatga olib, ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmuani barpo etish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mulkiy majmua bo'yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e'lon qiladi.