Hujjatga muvofiq, endi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralashda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin:
- 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
- muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan 40 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
- rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha boʻlgan ofitserlar.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki SCHRda harbiy xizmatni oʻtagan yoxud OTM harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek, harbiy roʻyxatda turgan boʻlishi kerak.