Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Kansler rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida oʻz mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqidagi anʼanaviy va vaqt sinovlaridan oʻtgan hamda muhim hamkor boʻlgan Germaniya bilan koʻp qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratishi taʼkidlangan.
“Siz bilan birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz bilan «yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa ustuvor sohalardagi sherikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilishiga aminman«, — deyiladi Prezidentimiz maktubida.