Oʻzbekiston tarixida ijtimoiy soha boʻyicha bunday keng koʻlamli ishlar ilgari hech qachon boʻlmagan.

Misol uchun, hozirgi vaqtda Oʻzbekistondagi har 100 ta oilaga 162 ta televizor, 107 ta xolodilnik, 287 ta mobil telefon, 49 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda. Boshqacha aytganda, mamlakatimizdagi oilalarning qariyb yarmi shaxsiy avtomobiliga ega.

Yoki soʻnggi yillarda yurtimizda, ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni oldingi yillarga solishtirganda, 11-martadan ham koʻp demakdir.

– Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va roʻzgʻorida oʻz aksini topishi zarur. Bu – hayotiy haqiqat.

Barcha orzu-niyatlarimiz, mashaqqatli mehnatimiz, kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarimiz – hamma-hammasi, bizga katta umid va ishonch bilan qarab turgan xalqimiz uchundir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.