Ana shunday etuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalo o'zimizning boy ma'naviy merosimizga tayansak, albatta natija bo'ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug' alloma va publitsist Mahmudxo'ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta'sis etsak, o'ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g'oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.