O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi

    Hukumat 24 Dekabr 2022 3860

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27-dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

    Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.