SHavkat Mirziyoev ochib bergan tibbiy markaz haqida malayziyalik mutaxassis fikr bildirdi

    Salomatlik 11 May 2020 483

    Malayziyaning «Petronas» neft` va gaz kompaniyasi shifoxonasining yuqumli va kasb kasalliklarini davolash bo'limi boshlig'i doktor SHanti SIVAPIRATOSHAN Toshkent shahrida ochilgan Ikkinchi perinatal markazining onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi ahamiyati haqida munosabat bildirdi.

    – Toshkentda Ikkinchi perinatal markazining ochilishi Prezident SHavkat Mirziyoevning aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha puxta siyosatining samarasidir, – dedi u. – Tibbiy yordam sifatini yaxshilash va sog'lom avlod salomatligi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bu – davlatning rivojlanish bosqichi yuqori ekanidan dalolat.

    Ta'kidlash joiz, markazda akusherlik yordamini ko'rsatish uchun ilg'or texnologiyalar joriy etilgan va bino yuqori sifatli energiya tejaydigan innovatsion qurilish materiallari yordamida qurilgan. Ushbu tibbiy muassasa Markaziy Osiyodagi eng yaxshi jihozlangan tibbiy muassasalardan biriga aylandi.