Ulardan biri, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti — mintaqa mamlakatlari oʻrtasida “muloqot forumi” sifatida tanilgan. Uning asosiy maqsadi — Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurashish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Kimlar qatnashmoqda?
Bu sammit — Osiyo mintaqasining deyarli barcha davlat yoki hukumat rahbarlari ishtirok etayotgani inobatga olinsa, xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha noyob muloqot maydoni ekanini anglash mumkin.
Bugunga qadar 51ta delegatsiya rahbarlari sammitda ishtirok etishini tasdiqlagan. Ularning 12 nafari davlat rahbarlaridir.
Xususan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Iroq, Eron, Qatar, Falastin kabi mamlakatlar prezidentlari sammitda qatnashadi. Markaziy Osiyo mintaqasidan esa faqatgina Afgʻoniston ishtirok etmayapti.