«O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».
Qonunchilikka ko'ra, Prezident Oliy Majlis palatalari yig'ilishida qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o'z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.