Shavkat Mirziyoyev qoraqalpogʻistonlik saylovchilar bilan uchrashadi

    Hukumat 21 Sentabr 2021 4633

    Maʼlumki, shu yil 24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi.

    20-sentyabrdan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi.

    Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpogʻistondan boshlanadi. Shu maqsadda Prezidentimiz 21-sentyabr kuni Nukusga joʻnab ketdi.

    Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilgan.