Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

    Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi – 3,8 foizga oʻsdi.

    Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.

    Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu – oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.