Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi

    Hukumat 6 Fevral 2023 3462

    Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

    Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odam qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi.

    Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.