Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga taʼziya bildirdi

    Hukumat 1 Dekabr 2022 2008

    Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi.

    “Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qoʻshgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.

    Prezidentimiz Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.