Jumladan:
- mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari boʻyicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Samarqandda TDT tashqi ishlar vazirlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi qoʻshma uchrashuvini oʻtkazishni taklif etdi;
- Strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshlik toʻgʻrisidagi shartnomani tez fursatda qabul qilishni qoʻllab-quvvatladi va Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi;
- Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik boʻyicha Doimiy kengashini tuzish va uning Loyiha ofisini Toshkentda joylashtirishni taklif etdi;
- Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirib, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansi, «Turkiy yashil yoʻlaklar« tizimi va «Yashil transformatsiya« konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi;
- Organik qishloq xoʻjaligi boʻyicha Ekspertlar guruhini tashkil etish va turkiy organik mahsulotlarning yagona brendini jahon bozoriga olib chiqishni taklif qildi;
- Oʻrta koridorni rivojlantirish va uni Xitoy – Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli hamda Transafgʻon yoʻlagi loyihalari bilan bogʻlashni qoʻllab-quvvatladi, bojxona tartibotini raqamlashtirish va tariflarni optimallashtirish muhimligini taʼkidladi;
- Turkiy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro va milliy moliya institutlari bilan hamkorlik dasturini qabul qilishni tavsiya etdi;
- Sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot boʻyicha «yoʻl xaritasi«ni qabul qilish va Turkiy dunyo xalqaro koʻrgazmasini Oʻzbekistonda oʻtkazish gʻoyasini ilgari surdi;
- Oʻzbekistonda qoʻshma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini eʼlon qildi;
- Ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish boʻyicha harakatlar rejasi va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif etdi;
- 2026-yilda «Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo maʼnaviy hayotida« mavzusida xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi








