Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi

    Hukumat 21 Yanvar 2025 1738

    Davlatimiz rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

    Turkiyaning Bolu muzofotidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan kuchli yongʻin oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi.

    Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.