Davlatimiz rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi boʻlgani taʼkidlanadi.
Mamlakatimiz yetakchisi Rossiya Prezidentiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.