Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida roʻy bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli soʻzlarini yoʻllab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.









