“Shavkat Mirziyoyevning xalqi uchun qilayotgan ishlari tarix kitoblarida yoziladi” — Serbiya Prezidenti

    Aleksandr Vuchich Oʻzbekistonga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi xususida jurnalist Jahongir Olimovga eksklyuziv intervyu berdi.

    “U buyuk yetakchi. Men dunyoda hech kimni maqtamaydigan odamman, lekin aytishim kerakki, u oxirgi yillarda xalqi va mamlakati uchun qilgan ishlari tarix kitoblarida yoziladi. Men buni chin dildan aytyapman... Aytishim kerakki, u bilan uchrashuvim menda katta taassurot qoldirdi. Men prezidentingizdan koʻp narsalarni oʻrgandim... U juda mehnatkash inson. Uning xalqi uchun qilgan mehnat darajasiga erisha olishimga ishonchim komil emas”, – deya taʼkidladi Serbiya prezidenti.

    Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevni Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash uchun 2026-yilning birinchi yarmida tashrif bilan Belgradga borishga taklif etdi.