Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Shaxmatchilarni kutib olish marosimida sport vaziri Adham Ikromov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev hamda boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Marosimda 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida gʻolib boʻlgan sportchilarga “Prezident sovgʻasi” sifatida “BYD Chazor” avtomashinalari topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida qariyb 200 ta davlat vakillari orasida 3-oʻrinni egallagan edi.