Nodirbek Yakubboyev nemis shaxmatchisi Aleksander Donchenko bilan kechgan bahsda ustunlikka erishdi. Javohir Sindorov esa meksikalik Xose Martinesga qarshi ogʻir va murosasiz bellashuvda zafar quchdi.
Bu natijalar tufayli yarim finalda ikki hamyurtimiz — Javohir Sindorov va Nodirbek Yakubboyev — oʻzaro kuch sinashadi. Bu, oʻz navbatida, kamida bir oʻzbekistonlik shaxmatchi finalga chiqishi va tarixda ilk bor 2026-yilgi daʼvogarlar turnirida yurtimiz vakili ishtirok etishini anglatadi. Agar 3-oʻrin uchun bahsni ham hisobga olsak, ikki shaxmatchining ham daʼvogarlar turniriga yoʻl olish ehtimoli juda yuqori.
Jahon kubogi jahon chempionini aniqlab bermasada, musobaqada birinchi uch oʻrinni egallagan shaxmatchilar 2026-yilgi shaxmat toji uchun daʼvogarlar turniriga yoʻllanma oladi.
Yarim final bahslari 21—22-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Yarim final juftliklari:
- Javohir Sindorov (Oʻzbekiston) — Nodirbek Yakubboyev (Oʻzbekiston)
- Andrey Yesipenko (Rossiya) — Vey Li (Xitoy)








