Nodirbek Abdusattorov Tomas Laurusasdan, Javohir Sindorov Federik Yozefandan ustun keldi.
Ushbu turda Nodirbek Yoqubboyev ishtirok etayotgan “TAJFUN-ŠK Ljubljana” jamoasi esa 5-turda Chernogoriyaning “Elektroprivreda” klubini 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Yoqubboyev Nikita Petrov bilan murosa yoʻlini tanladi. Beshinchi turdan soʻng barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozongan Chexiyaning “Novy Bor Chess Club” klubi 10 ochko bilan yakka peshqadam boʻlib turibdi. “Turkish Airlines”, “Alkaloid” va “CʼChartres Echecs” klublari hisobida 9 ochko mavjud. “SuperChess” va “TAJFUN-ŠK Ljubljana” klublari esa 8 ochko bilan qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra 5 hamda 7-oʻrinlarni band etgan.
Bugun, 25-oktyabr kuni 6-turda “SuperChess” “Tuxera Aquaprofit Nagykanizsai Sakk Klub” bilan, “TAJFUN-ŠK Ljubljana” klubi esa “Beer Sheva Chess Club” jamoasi bilan kuch sinashadi.