Shaxmat: FIDEning yangilangan reytingidan 5 nafar grossmeysterimiz joy egalladi

    Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2024-yilning dekabr oyi uchun dunyo shaxmatchilarining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

    Eʼtiborli jihati, yangilangan reytingda dunyo shaxmatchilarining TOP-100ʼ taligidan 5 nafar grossmeysterimiz joy oldi.

    Norvegiyalik Magnus Karlsen (2831) reyting peshqadamligini saqlab qolgan boʻlsa, birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-oʻrinda qayd etildi.

    Amerikalik Fabiano Karuana (2805) va Hikaru Nakamura (2802) kuchli uchlikni yakunlagan vaziyatda hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) va Dommaradju Gukesh Nodirbek Abdusattorovdan oldingi oʻrinlarni egalladi.

    TOP-100ʼ talik reytingga jami 5 nafar grossmeysterimiz kiritilgan boʻlib, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2685) 43, oʻtgan hafta poytaxtimizda yakunlangan “Prezident kubogi-2024”da 2-oʻrinni egallagan Javohir Sindorov (2682) 46, Shamsiddin Vohidov (2681) 47, Nodirbek Yoqubboyev (2668) esa 60-pogʻonani band etdi.