Shaxmat: Javohir Sindarov “TePe Sigeman” superturnirida gʻolib boʻldi

    Sport 28 May 2025 1126

    Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 20-26-may kunlari Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan “TePe Sigeman & Co” superturnirida Javohir Sindarov gʻolib boʻldi.

    Oʻtkazilgan oʻyinlar natijasiga koʻra 19 yoshli Sindarov birinchi oʻrinni egalladi. Shaxmatchi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi va birorta ham magʻlubiyatga uchramay, 7 turda 4,5 ochko jamgʻardi.

    Ushbu natija bilan Javohirning ochkolar soni 4,5 taga yetdi. Paralel tarzda, ikkinchi oʻrinda borayotgan turkiyalik Yagiz Erdogmus ham oʻz raqibi, niderlandiyalik Ervin LʼAmi bilan durang oʻynadi. Natijada, turnirda Javohir Sindarovni ochkolar boʻyicha quvib yetishga hech bir raqibda imkon qolmadi.