Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 23 Sentabr 2024 1030

    46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bayrogʻi va mashʼalasi Oʻzbekistonga topshirildi.

    Vengriyada boʻlib oʻtgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.

    Jumladan, Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qoʻlga kiritdi.

    Jamoaviy bahslarda:

    Bronza medali — erkaklar oʻrtasidagi terma jamoamiz;

    Yakkalik bahslarida:

    Oltin medal — Shamsiddin Vohidov (4-taxta);

    Kumush medal — Nodirbek Abdusattorov (1-taxta);

    Kumush medal — Nodira Nodirjonova (5-taxta).

    Maʼlumot uchun: qizlarimiz umumjamoa hisobida 12-oʻrinni qoʻlga kiritdi va bu tariximizdagi eng yaxshi natija boʻldi.

    Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida anʼanaga koʻra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi. Hisob boʻyicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

    Taqdirlash marosimi soʻnggida FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrogʻi hamda mashʼalasini Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Saʼdullayev hamda terma jamoamiz yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi..

    Shu bilan bizga 12 kun davomida hayajonli onlarni taqdim etgan musobaqa oʻz yakuniga yetdi.