Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etayotgan ushbu musobaqada hozircha 5-tur bellashuvlari ortda qoldi. Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda hozircha eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov qayd etmoqda. Chennay Olimpiadasi chempioni ayni paytda 5 ta imkoniyatdan 4 ochko jamgʻargan holda, 8-oʻrinni egallab turibdi. U peshqadam Xarsha Baratxakotidan yarim ochko ortda qolmoqda.
Ortiq Nigmatov esa 3 ochko bilan 24-oʻrinni band etgan. Abdimalik Abdisalimov 2,5 ochko bilan 54, Saidakbar Saidaliyev esa 2 ochko bilan 55-oʻrinni egallab turibdi. Shaxmat Olimpiadasining yana bir chempioni Nodirbek Yakubbayev hisobida ham 2 ochko bor (71-oʻrin). Bobir Sattarov ham 2 ochko bilan 72-oʻrinda turibdi.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda umumiy hisobda 92 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Ayollar oʻrtasidagi bahslardagi yagona vakilimiz Nilufar Yakubbayeva esa 4 ochko bilan 3-oʻrinni egallab turibdi.









