Vakillarimiz dastlabki partiyada qora donalarda 3:1, ikkinchi partiyada esa oq donalarda 2,5 : 1,5 hisoblarida gʻalaba qozonishdi.

Ushbu gʻalaba orqali vakillarimiz yarim final yoʻllanmasiga ega chiqishdi.

Endi yarim finalda shaxmatchilarimizga Hindiston yoki Fransiya terma jamoalaridan biri raqib boʻladi.