“Shaxrisabz open” Xalqaro musobaqasiga marhamat

    Joriy yilning 19-21-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “SHAXRISABZ OPEN” Xalqaro musobaqasi oʻtkaziladi.

    Erkaklar va oʻsmirlar oʻrtasidagi mazkur musobaqada 12 jamoa, 70dan ziyod sportchi ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan.

    Shuningdek, qadimiy va goʻzal Shahrisabz shahri mezbonlik qiladigan turnirda qoʻshni davlatlar sportchilarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.