"Shaxrixonsoy"dan kichik yoshdagi qizaloqning jasadi topildi

    Tashvishli xabar 14 Iyul 2024 815

    Uning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

    Andijon viloyatining hokim matbuot xizmati "Shaxrixonsoy"da topilgan shaxs bo'yicha ma'lumot berdi.

    Qayd etilishicha, Xo'jaobod tumanidagi “Shahrixonsoy”dan topilgan taxminan 5-6 yoshli qizaloq Osh shahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda.

    Yuborilgan fotosurat orqali Oshdagi oila vakili bu qizaloq uning o'z oilasidan ekanini aytgan.

    Hozirda oila vakili Xo'jaobod tumani sari yo'lga chiqqanini bildirgan.

    Mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.