SHaxsiy avtomobildan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya to'lanadimi?

    Transport 3 Iyul 2020 4668

    Ko'pincha xodimlar xizmat maqsadlari uchun shaxsiy avtotransportlaridan foydalanadilar.

    Bu holda kompensatsiya hisoblashga doir savollar yuzaga keladi: u kimlarga to'lanishi lozim, uni qancha miqdorda hisoblash mumkin, qachon to'lanishi kerak, unga soliq solinadimi, uni JSHDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga kiritish zarurmi? ekspert Tat`yana LIMAREVA qanday qilib hammasini to'g'ri amalga oshirish mumkinligini tushuntirib berdi:

    – Kompensatsiya, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish (xizmat safarlaridan tashqari) zaruriyati bilan bog'liq bo'lgan va ushbu maqsadlar uchun o'z shaxsiy engil avtomobillaridan foydalanadigan xodimlariga to'lanadi.

    Avtomobil` shaxsiy mulk huquqida xodimga tegishli bo'lmasa, undan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya to'lanmasligi kerak.

    Byudjet tashkilotlarida kompensatsiya to'lash xarajatlari xizmat engil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar summasining 30%i doirasida amalga oshiriladi, nobyudjet tashkilotlari uchun bunday chegara belgilanmagan.

    Kompensatsiya avtomobillar motorining ot kuchi soniga qarab quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

    Ot kuchi soni

    Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori

    (BHMning baravari*)

    2020 yilda 1 oy uchun kompensatsiya summasi

    (01.01.2020 yildan 01.06.2020 yilgacha bo'lgan davr holatiga ko'ra)

    100 ot kuchidan yuqori

    4,5

    1 003 500

    70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha

    3,5

    780 500

    70 ot kuchigacha

    2

    446 000

    * 2020 yilda 01.01.2020 yildan 01.06.2020 yilgacha bo'lgan davr uchun BHM miqdori 223 000 so'mni tashkil etgan.

    Kompensatsiya miqdorlari xodimning faqat xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan avtomobilni ekspluatatsiya qilish bo'yicha oqilona xarajatlari – benzin, moy, ta'mirlash va boshqalarni qoplaydigan miqdorda etib belgilangan. Avtomobilga xodimning o'zi unga hisoblanadigan kompensatsiya hisobidan yoqilg'i quyishi va xizmat ko'rsatishi kerak.

    Korxona rahbarining buyrug'i kompensatsiya to'lash uchun asos hisoblanadi.

    Xodim kompensatsiya olish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan avtomobil` texpasporti nusxasini buxgalteriyaga taqdim etishi kerak.

    Kompensatsiya oyda bir marta – oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi to'lash bilan bir vaqtda to'lanadi (ya'ni avans to'lash vaqtida emas).