O‘zgartirishlarga ko‘ra:

O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;

ma'lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan Internet orqali ma'lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;

ma'lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig'ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.

O‘zgartirishlar uch oy ichida — aprel o‘rtalaridan boshlab kuchga kiradi.