баннер
21 Mar 2025
22:36

    Shaxsning roziligisiz uni tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

    Endilikda, umumiy qoida tariqasida, har qanday kishini foto yoki video tasvirga olish yoki ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.

    Bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, hujjat aholi fikrini oʻrganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan.

    Adliya valigining maʼlum qilishicha, fuqarolik kodeksiga koʻra, shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqi daxlsiz. Shunga qaramay, kishilarning ushbu huquqini taʼminlash borasida qonunchilikda boʻshliqlar mavjud.

    Insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash maqsadida vazirlik tomonidan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi hamda aholi fikrini oʻrganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

    Loyihaga koʻra, endilikda, umumiy qoida tariqasida, har qanday kishining foto yoki video tasvirga olish yoki ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.

    Shu bilan birga, loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

    • 16 yoshdan boshlab oʻsmirlar ularni tasvirga olish, tasvirdan foydalanish uchun mustaqil rozilik bera oladi;
    • jamoat joylarida va ommaviy tadbirlarda tasvirga olish uchun ruxsat talab qilinmaydi;
    • davlat xizmatchilarini xizmat vazifasida cheklovsiz tasvirga olish va tasvirdan foydalanish mumkin;
    • noqonuniy harakatlarni tasvirga olish uchun rozilik shart emas;
    • videokuzatuv tizimlari haqida ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi shart;
    • kishilarning qisman yoki toʻliq kiyimsiz boʻlishni taqozo etadigan joylarda (tibbiyot xonasi, hammom, kiyim almashtirish xonalari va boshqa) videokuzatuvni amalga oshirish taqiqlanadi.
    • Agar tasvirdan rozilik berilgan maqsaddan boshqa maqsadda yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda foydalanilsa, rozilik chaqirib olinishi mumkin.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech